uzluga.ru
добавить свой файл
1

Bolaning tili shirin

«Insonning izzat-xurmatini yuqori pog'onaga ko'taradigan ikkita san'at bor: biri lashkarboshilik, ikkinchisi usta notiqlik san'atidir». Darhaqiqat, Yuliy Sezarni lashkarboshilik, Demosfenni esa notiqlik san'ati dunyoga mashxur qiidi.

Aql-zakovatli, ruhiy-ma'naviy saloxiyatli, barkamol avlodni tarbiyalashga katta e'tibor berilmokda.

Barkamol inson sifatlaridan biri nutqdir. Chunki nutk orqali inson o'z fikrlarini, xis-tuyg'ularini atrofdagilarga bi|diradi, ular bilan tajriba almashadi. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy «Ma'nosiz so'z-so'z emas. Balki qandaydir tovushlar yiqindisidir. Umuman, bunday so'z tilda yo'qdir. Faqat hayvonlarning ma'nosiz bo'kirishidan, qushlarning chururlashidan inson tili o'zining ma'no ajratish xususiyatiga ega ekanligi bilan ajralib turadi». Ulug' ma'rifatparvar Abdulla Avloniy «Bolalarda fikrlash iqtidorini hosil kilishda fikr tarbiyasi benihoyat zarur va muqaddas vazifa», deb ta'rif beradilar. BoIa bir yoshdan uch yoshgacha bo'lgan davrida nutqi o'sib, rivojlanib boradi. Nutk. ustida ishlab bola xayotining, dastlabki davridan boshlab, Ota-ona oldida turgan asosiy maqsad va vazifadir. BoIa nutqining turli shakllanishi atrofdagilar nutqiga, muhitga va ta'lim tarbiyaga boqlik, buning uchun bolaning eshitish va aqliy,taraqqiyoti me'yorida bo'lishi lozim.Nutqiy muhitning yetishmasligi bolaning nutkida nuqsonlarni keltirib chikaradi. Ota~onalar bolalarni erkalab, ular tilidan gapirishlari bolaning nutqiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Bunday ta'sir bolaga nisbatan qo'pol munosabatda, kattalar nutqidaga nuqsonlar, ta'siridaxam kelib chiqishi mumkin.Bolalar maktabgacha yoshdayoq, muayyan so'z boyligiga ega bo'ladilar. Ularda predmetlar guruhi haqida tasavvurlar hosilasi bor. Bolani faxmlash, muqokama kilish, izlab topish, fikrni aniq, va ravon ifodalashga o'rgatib, nutqini shakllantirib borish boshlanqich ta'limning ustuvor omillaridan biridir.

Bolalar nutqini o'stirish uchun to'qpi talaffuz qilishga, so'zlarni turH va aniq o'ishga o'rgatib borish lozim. O'kuvchilar nutqida uchraydigan shevaga oid so'zlardan saqlanib, adabiy me'yorlar asosida gapirishga ko'nikma hosil qilib boriladi. Bunda o'kuvchiga o'zbek tilining orfoepik luqati va imlo qoidalari kattayordam beradi. Savodo'rgatish jarayonidaasosiy e'tibor o'quvchilarni to'qri talaffuzga etishga, luqat boyligini oshirishga, fikrini toTiq va tushunarli ifodalashga qaratiladi. Chunki ba'zi bolalar ayrim tovushlarni (r, s. sh, k) to'g'ri talaffuz qilolmaydilar (arra - ayya, ko'chat - chuchat), tovushlarni tushirib koldiradilar (bolalar - bolla). Ortiqcha tovush qo'shib yuboradilar (chiroyli - chiroydik). Bu nuqsonlarni savod o'rgatish davrida tuzatib boriladi, Ayniqsa, tovushlarning talaffuziga katta e'tibor beriladi. Aks holda esa bu katta-katta muammolarni yuzaga keltiradi.

Quyida l-sinf savod o'rgatish davrida o'quvchilarning nutuqlarini o'stirishga qakratilgan qisqacha dars namunasini keltiramiz.

-Bolajonlar siz nimaning rasmini ko'ryapsizq

-Men lolaning rasmini ko'ryapman. (savollarga to'lik va aniq javob berish talab etiladi)

-Lolani kim tasvirlab beradi.

-LoIa gulining rangi kizil, barglari yashil bo'ladi.

-«Barglari» so'zining o'rniga qaysi so'zdan foydalanishimiz mumkinq

-«Barglari» so'ziga yaqin ma'noli so'z-«yaproqlari». Biz shu so'zdan

foydalanishimiz mumkin. «Lola» so'zini bug'inlarga bo'ling. Lo-Ia, ikki bo'g'inli so'z. Xar ikki bo'g'in ham «L» tovushi bilan boshlanyapti.

-Siz bundan nimani angladingiz

-Biz bugungi darsimizda «L» harfi bilan tanishamiz. (Xattaxtaga oldindan yozib, yopib qo'yilgan bo'ladi.)

«LI» xarfining bosma va yozma shakllari o'kuvchilarga ko'rsatiladi. harf va tovushning bir-biridan farqini aytadilar. (Tovushlarni aytamiz, eshitamiz, harflarni ko'ramiz, yozamiz.) Harflarning bosh va kichik, bosma va yozma shakllarini bir-biriga qiyoslaydilar.

Tovushning undosh tovushlar sirasiga kirishini aniqlaydilar. So'ng bolalar «L» tovushining artikiilyasiyasini kuzatib, talab va iishning jipslashiivini aytadilar va nutq organlarini shu xolatga keltiradilar. O'kuvchilarning «L» tovushini to'g'ri talaffuz qila olishlarini aniqlagach, «L» tovushi ishtirok etgan so'zlardan topish buyuriladi. So'zlarni topishda kiynalmasliklari uchun ismlardan, xayvon-qushlardan, oziq-ovqat nomlaridan ayting, deya yo'llanma beriladi. Xattaxtaga yozilgan matnni, ustunchadagi so'zlarni o'quvchi o'zi o'qib beradi. Keyin xor bo'lib, o'kuvchilar o'qiydilar. Lug'at ishi o'tkaziladi. Xar bir so'z izohlanadi.

llon - sudralib yuruvchi jonivor.

LoIa - baxorda ochiladigan gul.

Olma - ho'I meva.

Olti - raqam.

O'qituvchi har bir so'zini keng ma'noda izoxlab bersa, maqsadga muvofiq; bo'ladi.

Masalan, olmani qanday yeyish kerakligini bolalardan so'rab, ularning javoblarini to'ldirib, olmada inson sog'ligi uchun zarur temir moddasining mavjudligi, uni yuvib iste'mol qilish kerakligi aks holda turli kasalliklar kelib chiqishi haqida gapirib, izoxlabketiladi. Yoki «oIti» so'zi 4 ta tovush, to'rtta harfdan iborat ekanligi, oIti sonini xosil qilish uchun necha soniga nechani qo'shishimiz zarurligi aytib o'tiladi. Xattaxtadagi matn o'quvchilarga o'qitilgandan so'ng qisqa savol-javob o'tkaziladi. Yangi o'rganilgan so'zlar bo'yicha lug'at ishi o'tkaziladi. Matnni kitobdan o'quvchilarga mustaqil o'qitiladi. Rasm asosida matnni qayta hikoya kildiriladi.

Matnga mos maqol yoki topishmoq aytiladi. Agar matn mehnat haqida bo'lsa, Mehnat mehnatning tagi roxat, vatan haqida bo'lsa, bulbul chamanni sevar, odam Vatanni, kabi turli xil maqol-topishmoq-lardan o'rinli foydalanish bolalarning nutq malakalarini shakllantiradi. Darsni mustahkamlash qismida. «Ortiqcha» o'yini o'tkazish bolalarning darsga bo'lgan qiziqishlarini yanada orttiradi. «Ortikcha» o'yini.

- LoIa, lagan, lo'li, alam, lochin. Bu qatorda ortiqcha so'z -«alam». Chunki xamma so'z «I» tovush harfi bilan boshlangan, faqat alam so'zi «A» tovush harfi bilan boshlangan.

AIIa, olov, olim, olti, salla.

Bu qatorda ortiqcha so’z olti. Chunki barcha so'zlarning ikkinchi bug'ini «L» tovush harfi bilan boshlangan, faqat, «oIti» so'zining ikkinchi bo'g'ini «U tovush harfi bilan boshlanadi. Kitob, Botir, randa, daftar. Bu qatorda ortiqcha so'z «daftar». Chunki xar bir so'z o'zidan oldingi so'zlarning oxirgi tovush harfi bilan boshlangan. Daftar «A» tovush harf bilan emas, «D» tovush harfi bilan

boshlanadi.

-Qo'y, echki, tovuq.,sigir,tuya.

Bu qatorda «tovuq» ortiqcha, chunki hamma so'zlar uy xayvon-lari, faqat «tovuq» uy parrandasi.

Bu o'yin o'quvchilarda sezgirlik, topqirlik, ziyraklik qobiliyatlarini o'stirish bilan bir katorda taqqoslash, fikrlash qobiliyatlarini o'stiradi, so'z boyligini oshiradi. Birinchi sinf o'kuvchilar ko'p tovush xarflar bilan tanishmaganliklari sababli magnitofon tasmalaridan yoki rasmlardan foydalangan ma'qul. Bundan tashqari bolaning nutqini o'stirishda kuyidagilarni nazarda tutish zarur:

-bolalarning savollariga doimo to'liq javob berish; bola siz bilan gaplashganida, uning fikrini diqqat bilan, bo'lmasdan eshitish;

  • bola uchun o'z taassurotlarini so'zlab berishga sharoit yaratish;

  • bolaning yoshi va o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olish;

  • bolani mustaqilfikrlashga undash;

  • badiiy adabiyotlar bilan tanishtirib borish orqali nutqini o'stirib borish; BoIa nutqini yangi so'zlar hisobiga boyitib borish; -bola bilan so'zlashganda, to'g'ri va aniq, gapirish hamda boladan ham shuni talab qilish.Yukorida keltirilgan ishlar bajarilgan takdirda, bola o'z fikrini to'lik, aniq, va ravshan qilib atrofdagilarga tushuntira oladigan bo'ladi.



Darsning vaqt taqsimoti.


Sinf

Sana

Tashkiliy qism

O'tilgan mavzuni so' rash

Dam olish daqiqasi

Yangi mavzu

Mustah kamlash

Darsni xulosalash

3 sinf




3 minut

15

1

20

4

2


Darsning mavzusi: Darsning maqsadi:
Ko'paytirishni tekshirish 2 xonali sonni 2 xonali

songa bo'lish 825-831

Ta'limiy maqsad 2 xonali sonni 2 xonali songa

bo'lishni o'rgatish, ko'paytirishni tekshirish

yuzasidan olgan bilim, ko'nikma va malakalarini shakillantish.


Rivojlantiruvchi maqsad:Mustaqil fikrlash qobilyatlarini va o'g'zaki, yozma hisoblash malakalarini rivojlantirish


Tarbiyaviy maqsad:

Darsning jixozi: Darsning tipi: Dars metodi:
O'quvchilarni Vatanga mehr - muhabbat tuyg'usida

tarbiyalash.

Darslik, darsga oid materiallar.

Mustahkamlovchi.

Ko'rgazmali aralash dars. I. Darsni tashkil etish: Salomlashish. Navbatchining so'zini tinglash.

Dars maqsadini aytish.

Tezkor savollar

I. Bugungisanamizniayting
2.10ni4ga ko'paytirsak necha bo'ladi? - 40

3.Prezidentimiz kim? - I.Karimov

4. Bu yil qanday yil? - Ijtimoiy himoya yili.

5. Uchburchakning nechta uchi bor? - 3 ta

6. Sog'lom bo'lish uchun nima qilish kerak? -Sportbilanshug'ullanish kerak

7. Bayrog'imiz qachon tasdiqlangan? -1991-y18-noyabr

8. Bayrog'imiz necha xil rangdan iborat? -4xil

9. Gerbimiz qachon tasdiqlangan? -1992-yil 2-iyul

10. Xozirqaysifasl? - Bahor

11. Bir fasl necha oydan iborat. -3

  1. Qo'l barmoqlari nechta ? o'nta

13Mevalarni qanday yeyish kerak? yuvib yeyish kerak

14.Ozbekistonning poytaxti qayer? Toshkent

15.Ko'paytirishni nima bilan tekshiramiz? bo'lish bilan

  1. Maqol ayting.

  2. 9-aprelda kim tug'ilgan? -A.Temur

18. 1 soat necha minut? -60minut
19. 5 ni 0 ga ko'paytiring. -0

  1. nechani 4marta orttirsak 40 bo'ladi? -10

  2. 100da 99 ayrisak? -1

  1. Eng katta 2 xonali son qaysi ? - 99

  2. Bug'doy bushoqlari qayerda tasvirlangan? - Gerbda

24. Ko'zning tepasida nima bor? - Qosh

25 Kitob-bilim bulog'i, o'quvchining... -o'rtog'l

  1. Shaxmat doskaside necha xil rang bor? - 2

  2. 9ni 9 ga bo'ling. -1

  3. 30ta olmani o'rtasidan bo’lsang'iz necha kishiga yetadi.? -60

  4. O'tgan mavzuning nomini ayting

  5. Uyga topshiriq nima edi ?

Savollarga javob bergan o'quvchilarga 1 balldan ball qo'yiladi

II. O'tilgan mavzuni so'rash.

Partadoshimiz bilan daftarlarimizni almashtirib uy ishlarimizni tekshirib olamiz

6 ta o'quvchi navbat bilan misollarni og'zaki bajaradilar. Qolgan o'quvchilar daftarda tekshirib boradilar. o'quvchilar o'z xatolarini solishtirib, tuzatib oladilar.

Men sizlani ifoda tuzishga qay darajada erishganligingizni sinab k'ormoqchiman. Buning uchun sizlarni uch guruhga bo'lsam. 1-guruh "Qo'shuv". 2- guruh "Bo'luv" 3-guruhni "Ko'paytiruv deb nomlasak.

  • Bolalar qaysi amal belgisi yo'q? - ayrish.

  • Nima uchun yo'q?-chunki biz 3guruhmiz amallar esa -4ta

  • Qo'shuv so'zida nechta tovush bor? -5ta

  • Bo'luv so'zidachi? -5ta

  • Ko'paytiruv so'zida nechta tovush ishtirok etgan ? -10 ta

  • 5ni 4 ga ko'paytirsak necha bo'ladi? -20

  • 5ni 6 ga ko'paytirsak necha bo'ladi? -30

  • 10ni 4 ga ko'paytrisak necha bo'ladi? -40

Har bir guruh o'quvchilari doskaga navbat bilan chiqib' 20 ni qo'shuv guruhi, 40 ni ko'paytiruv guruhi, 30 ni bo'luv guruhi ko'paytirish va bo'lish amallridan foydalanib hosil qilishlari kerak. o'quvchilarga 1 minut vaqt beriladi. Har bir doskaga chiqqan o'quvchiga agar u to'g'ri bajargan bo'lsa 1 ball qo'yiladi. O'quvchilar olgan ballarini o'zlari yozib boradilar. Vaqt tugagandan so'ng ko'p misol bajargan o'quvchilar guruhi g'olib deb e'lon qilinadi. Va g'olib guruhga gul sovg'a qilinadi.

Aziz bolajonlar, endi ekranga qarab olsangiz . kodoskopda uchburchak va to'rtburchakning shakli tasvirlangan.


- Uchburchak va to'rtburchakda nechtatomon bor? - 3 ta va 4 ta Endi ularning so'zlariga bir qo'loq tutsak. O'quvchilar rollarga bo'lib etadilar.

To'rtburchak:- Uchburchak, sen ko'pburchakmisan? - Mana meni ko'pburchak desa bo'ladi. 4 ta bo'rchagim bor.

Uchburchak:- Buncha kerilasan. Qoq o'rtangdan bitta to'g'ri chiziq o'tkazilsa, 2 ta uchburchakdan iborat ekanliging ayon bo'ladi. O'qituvchi :- Uchburchak, to'rtburchak nega tortishyapsizlar? Siz hammangiz ko'pburchaksiz. Romb ham Kvadrat ham O'n burchak ham ko'pburchak. Faqat burchaklarning soni bilan farq qilasiz. Sizlarda nechta burchak bo'lsa shuncha tomon bo'ladi. Sizlarning inson uchun foydangiz katta. Mana sinf xonamizni qurish uchun ham sizlarning mehnatingiz ketgan. Sinf xonamizda qanday ko'pburchak shakllari bor?

- Kitob, daftar, deraza, eshik, stol, parta, doska.

o'qituvchi; - mana ko'rdingizmi biz sizlarga suyanib ish bajaramiz. Ahil bo'lib yashang, insonlarga xizmat qiling! Rollarni bajargan o'quvchilar rag'batlantiriladi.

^ III. Yangi mavzuning bayoni:

Biz o'tgan darsimizda ham 2 xonali sonni 2 xonali songa bolishni va ko'paytirish orqali b'olishni tekshirishni o'rgangan edik. Bug'ungi darsimizda ham shu mavzuni davom ettirib mustahkamlaymiz.

Daftarlarimizni yozuvga tayyorlab bugungi sana va mavzuni yozamiz. 825-misol. Ko'paytrishga doir misollardan 2 xonali songa bo'lishga doir misol tuzing.

Har bir misolni tuzgan o'quvchiga bir ball beriladi. 99 : 33 bo'lishni tushuntiraman.

99 ning ichida 33 tadan nechta borligini topamiz. 33 ni 2 ga ko'paytiramiz. 66 ga teng

2 soni kam 3 ga ko'paytiramiz 99. demak 99 ni 33 ga bo'lsak 3 chiqadi. 99 : 33 = 3 biz bolinmani tanlash usulidan foydalaridik.

  1. - misol 77:11=7, 88:22=4, 88:44=2, 66:33=2

  2. - misollarni yeching va tekshiring.

Bolalar kelinglar ertaklar olamiga sayoxat qilamiz. Biz 3 - sinfda 1 dan nechgacha bo'lgan sonlar ichida qo'shish va ayrishni bilishimiz kerak? Biz shu savolga javob topsak "Ertaklar olami"ga bora olamiz

- 1 dan 1000 gacha bo'lgan sonlar ichida qo'shish va ayrishni bilishimiz kerak.

Mana "Ertaklar olami"ga ham yetib keldik.

- lya, ana bu kim ?

- Qimmatmi?

Qimmat :- ha men usha Qimmatman. Sizlar mubobaqani shu yerda davom ettiramiz degan edilaring, men sizlarga misollarni tayyorlab qo'ydim mana shu misollarni to'g'ri yechsangiz yechdingiz aksi holda bir umr "Ertaklar olamida" qolib ketasiz.

Har bir guruhdan 1 tadan o'quvchi chiqib misolni bajaradilar.

32x3=96, 66:22=3, 76:19=4, 68:14=7 96:32=3, 3x22=66, 4x19=76, 7x14=68

Qimmat : bolajonlar sizlar bilag'on ekansizlar. Men ham endi kitob o'qiyman, bilim olaman, odobli bo'lman. Sizlarga oq yo'I!

O'qituvchi:bolajonlarQimmatdannimanio'rgandingiz? -odobni. Odobni kimdan o'rganish kerak? - beodobdan.

828-masala. Agar muqovachi har ko'ni 17 tadan kitobni muqovalaydigan bo'lsa, 4 kundan keyin yana 7 ta kitobni muqovalashi kerak bo'ladi. Muqovachi hammasi b'olib nechta kitobni muqovalashi kerak?

Yechish 17x4+7=75 javob 75 ta

Masalani birinchi bo'lib bajargan o'quvchiga 2 bal qo'yiladi.

829-masala og'zaki bajariladi. O'qituvchi kampir rolini bajaradi. 1 ta o'quvchi nabira rolini bajaradi.

Kampir : Nabiram 8 yoshda, men undan 8 marta kattaman.. Men nabiramdan necha yosh kattaman? Javob yoshi - 64 da 56 yosh katta

IV. Mustahkamlash:

Bolalar Yurtimizga qaytish vaqti ham bo'ldi. Uning uchun quyidagi testni bajarishingiz kerak . Har bir to'g'ri javobga 1 ball.

1.70:35 A)1 B)3 D)2

2. 22 ta olmani 11 ta bolaga bir xilda taqsimlang, nechtadan tegadi?

A) 2ta B) 1 ta D) 4 ta

3. 66 m arqonni 22 m dan qilib bo'lsak necha bo'lak bo'ladi?

A) 2_bolak B) 8 bo'lak D) 4 bo'lak Mana javoblarni ham aniqlab b'oldik. Endi yurtimizga ketishimiz mimkin.


V. Darsni xulosalash va yakunlash. 830-831-misol va masala uyga vazifa. Uyga vazifani tushuntiraman.

Darsimiz o'z nihoyasiga yetdi. Bis bugungi darsimizda ko'paytirishni bo'lish amali bilan tekshirishni o'rgandik.

Savollaringiz bormi? O'quvchilar to'plagan ballariga qarab reyting ballari yuqori b'olgan o'quvchilarni aniqlab rag'batlantiriladi.

Vatanimizga ham yetib keldik.

  • Sayohatimiz yoqdimi?

  • Vatanni sog'indingizmi?

  • Vatanni kimga o'xshatamiz?

  • Nima uchun onaga o'xshatamiz?

Sizlar onangizni, Vataningizni sevuvchi sodiq farzand b'olib ulg'aying! lzox: Qimmat rolini o'qituvchi o'zi bajaradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.O’qish kitobi. 3-sinf/

2.Matematika. 3-sinf.


1-sinf O’qish fanidan Alisherning yoshligi mavzusidagi

bir soatlik dars ishlanmasi.


Darsning vaqt taqsimoti.


Sinf

Sana

Tashkiliу qism

О'tilgan mavzuni

so'rash

Dam olish daqiqasi

Yangi mavzu

Mustahkamlash

Yakunla sh

1




3 daqiqa

15 daqiqa

1 daqiqa

20 daqiqa

4 daqiqa

2 daqiqa

I. Mavzu: Alisherning yoshligi.

II. Maqsad: Ta'limiy maqsad.

A.Navoiy haqida olgan bilimlarini kengaytirish, o'tilgan mavzularyuzasidan olgan bilimlarini mustahkamlash. Tarbiyaviy maqsad. Maktab muqaddas dargoh ekanligini tushuntirish, o'quvchilarni maktabga va ustozlarga mehr-muhabbat tuyg'usida tarbiyalash.

III. Dars tipi: Yangi bilim beruvchi.

IV. Dars metodi: Ko'rgazmali, suhbat.

  1. DTS so'zlarni to'g'ri o'qish.

  2. Jihoz. Darsga oid ko'rgazmali qurollar.

VII. Darsning borishi. Tashkiliy qism.

Salomlashish. Navbatchining sinfhaqidagi ma'lumotini tinglash.

Savol: Bugungi sanamizni kim aytadiq

- Bugun 9 aprel, Amur Temur bobomizni tavallud topgan kuni.

Savol: Bobomiz Amur Temur Kim bo'lganlar? U kishi haqida nimalarni bilasiz?

  • Amur Temurning pand-nasihaikjn, o'gitlari, u haqidagi naql rivoyatlar ko'p. Buyuk shaxsning dono o'gitlarini o'rganish bizning burchimizdir.

  • Amur Temur buyuk shaxs. U hech qachon yengilmagan buyuk sarkarda, yirik davlat arbobi, qonunshunos, nozik did me'mor, notiq, ruhshunos, shu bilan birga el-yurtini sevgan va uni mashhur qilgan inson bo'lgan.

  • Amur Temur o'ta dovyurak va bahodir edi. Uni dushmanning soni ham, qiiroli ham cho'chita olmasdi.

O'qituvchi: Darhaqiqat Amur Temur bobomiz qurdirgan imoratlar hozir ham dunyoni hayratga soladi. Amur Temur Vatanni har bir qarich yerini e'zozlagan.

O'tilgan mavzuni so'rash.

Biz o'tgan darsimizda qaysi mavzu bilan tanishgan edik va uyga vazifa nima bo'lgan?

- Biz o'tgan darsimizda Alisher Navoiyning hikmatli so'zlari degan mavzu bilan tanishganmiz. Uyga vazifa: hikmatli so'zni yod olish.

Hozir o'quvchilarimiz ikki guruhga bo'linsalarda o'ng tomonni Binafsha, chap tomonni Boychechak deb nomlasak. Sababi har ikkala gulimiz ham bahor chechaklari. Boychechak guruhi hikmatli so'zni aytadi, Binafsha guruhi izoxlaydi. Binafsha guruhi aytsa, Boychechak guruhi ishtirokchisi izoxlaydi. Aytgan guruhga ham, izoxlagan guruhga ham, to'g'ri bajarsa daraxtga qushcha uchib kelib qo'nadi. Qani o'yinimizni boshladik. 1. Bilmaganni so'rab o'rgangan olim, Orlanib so'ramagan o'ziga zolim.

lzox: Bilmaganni so'rab o'rganish kerak. Uyalib so'ramasak o'zimizga qiyin bo'ladi. Sababi bilmagan narsani inson so'rab o'rganishi kerak.

Mana Binafsha guruhi, Boychechak guruhi daraxtlariga bittadan qushcha uchib kelib qo'ndi. O'yin shu tariqa davom etadi. O'yin oxirida daraxtdagi qushchalarning soniga qarab g'olib guruh aniqlanad?. Mana har ikkala guruhning to'plagan qushchalarni ko'rib turibmiz. Qushchalar soni leng. 5 = 5

O'tilgan mavzuga har ikki guruh ham yaxshi tayyorgarlik ko'rib kelgan.

Savol: Alisher Navoiy haqida yana nimalarni bilasiz?

O'quvchilar Alisher Navoiyning bolalikdagi do'sti haqida gapirdilar, ibratli so'zlaridan aytib izoxlaydilar.

Dam olish daqiqasi. Zanjir o'yini.

Bu o'yinda boshida o'qituvchi kadaskop orqali qaldirg'och; o’quvchilarga ko'rsatadi. O'quvchilar qushning nomini,' uning insonlar qanday foyda keltirishini aytadilar. O'yin Ch harfi bilan boshlanadi. bilan boshlanadigan so'zga misol aytiladi. Aytilgan so'zning oxirida qaysi harf bilan tugagan bo'lsa, shu harf bilan boshlanadigan so'z aytiladi.

I. Yangi mavzu bayoni.

Hozir biz Alisher Navoiy yashagan davrga sayohat qilamiz. Alisher Navoiyning suratlarini o'quvchilarga izoxlab ko'rsatiladi. Bolajonlar, yangi mavzu kim haqida ekan?

- Bobomiz Alisher Navoiy haqida ekan.

O'qituvchi: Yangi mavzu Alisherning yoshligi. Oybek.

Oybek haqida o'quvchilarga ma'lumot beriladi. So'ng matnni ifodali qilib o'qituvchi o'qib beradi. Matn yuzasidan lug'at ishi o'tkaziladi.

Suluv-chiroyli, ko'rkam

Mergan- nishonga aniq tekkiza olish.

Lazzatli - shirin, mazali.

Hikoyani ovoz chiqarmay o'quvchilar ichlarida mustaqil o'qib chiqadilar. Rollarga bo'lib hikoyani o'quvchilarga o'qitiladi. O'quvchilardan biri hikoyani ovoz chiqarib o'qiyotganda boshqalarning o'z kitoblaridan kuzatib borishlari ta'minlanadi. Hikoya mazmuni yuzasidan suhbat o'tkaziladi. 1-sinflarda asosan o'qituvchining savoliga o'quvchilar javobi eshitiladi. Hikoya mazmunini dastlab ixtiyoriy, keyin esa oldindan belgilab qo'yilgan o'quvchilarga gapirtiriladi. Bu ishda o'quvchilarning o'z so'zlari bilan fikr ifodalashga odatlantirib boriladi.

^ IX. Mustahkamlash.
Test savollari.

1. Alisherga kiyikni nima uchun olib kelishdi?

a) boqish uchun b) go'shti uchun d) chiroyliligi uchun

2. Eng zo'r zaruriyat nima?

a) non, suv b) pul d) maktab

  1. Alisherning do'sti kim bo'lishni orzu qildi? a) shoir b) mergan d) ovchi

  2. Hikoyanikim yqzgan?

a) Navoiy b) Oybek d) Husayn

Testni javoblarini tekshiriladi. Hikoya to'g'ri javob topgan o'quvchilar rag'batlantiriladi. Hikoya mazmuni yuzasidan o'qituvchi o'quvchilar fikrini to'ldiradi, qayta to'liq hikoya qilib beradi.

^ X. Darsni yakunlash.

Siz bugungi o'tilgan darsdan nimanibilib oldingiz?

- Maktab muqaddas dargox ekanligi, maktabda bilim olib odobli bo'lish zarur ekanligini bilib oldik. Alisher Navoiydan o'rnak olib, ular kabi kitobni sevuvchi, ziyrak bo'lishga, tabiat boyliklarini asrab-avaylashga, vatanni ko'z qorachig'iday asraydigan farzand bo'lishni o'rgandik.

Uyga vazifa. Matnni rollarga bo'lib o'qib kelish.

Albatta sizlar ham ajdodlarimiz kabi vatanni har bir qarich yerini e'zozlovchi farzand bo'lib yetishing.

Yangi pedagogik texnologiya hayotga.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.Alifbe. 1-sinf.

2.Ona tili. 1-sinf.

^ DIDAKTIK O'YINLAR !

Tezkor so'rovlar! 1 -sinf o'qish uchun.

  1. Bug'doy boshoqlari qayerda tasvirlangan?

  2. Vatan qayerdan boshlanadi?

  3. o'quvchining do'sti kitob, dehqonning do'sti nima?

  4. Nimani onaga qiyoslaymiz?

  5. Nima non kabi aziz?

Javoblar: 1. Gerbda 2. Beshikdan 3. Ketmon

4. Vatanni 5. Tuz.


^ ONATILIDAN 3-SINF UCHUN.


  1. Davlat tili haqidagi qonun qachon tasdiqlangan?

  2. Osmon so'ziga yaqin ma'noli so'z toping.

  3. Gapning bosh bo'laklarini ayting.

  4. O'zbek tilida nechta tovush bor?

  5. Kitob aytilishi va yozilishida farq qilgan tovushni ayting.

1. 1989y 21 oktabr 2. Falak, samo 3. Ega va kesim 4. 30 ta 5.B-P


^ MATEMATIKADAN 2-SINF UCHUN.


  1. Kamayuvchini topish uchun nimaqilamiz?

  2. Bo'lishni ko'paytirishdan tashqari yana nima bilan iekshirish mun,

  3. 1 soat necha minut?

  4. O'zbekistonning poytaxti qayer?

  5. Tenglama qachon to'g'ri bo'ladi?

Javoblar. 1. Ayirmaga ayriluvchini qo'shamiz.

  1. Bo'lish bilan.

  2. 60 daqiqa.

  3. Toshkent.

  4. lkkala tomon teng bo'lsa.

BEGONA o'yini.

Mol, echki, ot, eshak, bo'ri. (bo'ri - begona).

Ruchka, daftar, kitob, stol, qalam (stol- begona).

Chumchuq, kaptar, qaldirg'och, chittak, sichqon (sichqon- begona).

Olma, o'rik, shaftoli, olxo'ri, terak (terak- begona).

Keldi, pishayapti, chiqadi, qizil, yozmoqchi (qizil -begona).

Mantiqiy tafakkurni aniqlash

Sonlar qatoridagi qonuniyatni aniqlab yetishmagan sonni toping.

1.24,21, 19, 18, 15, 13,- - 7

  1. 1,4,9, 16,- - 49,64.

  2. 16, 17, 15, 18, 14, 19,- -

  3. 1,3,5,- - 11, 13, 15, 17

  4. 7, 16, 19,5,21, 16,9,- -

Javoblar: 1.12,9 2. 25, 36 3. 13,20 4. 7, 9 5. 13

Muhim belgini ajrating.


Har bir qatorda bitta so'z qavslar tashqarisida va bitta so'z qavs ichida berilgan. Qavs ichidagi barcha so'zlar tashqaridagiga ma'lum bir jihatdan bog'langan. lkkita ahamiyatlisini ajrating va ostiga chizing.


1. Pog' (o'simlik,bog'bon,kuchuk,devor,tuproq).

2 - (qirg'oq, baliq, baliqchilar, suv qayiq).

3. chizma, tomonlar, tosh, daraxt).

4. (haqiqat, ilova, telegramma, qog'oz, muharrir).

5. (ko'zlar, kitob, rasm, muhr, so'z).

Javob. 1.O'simlik, tuproq. 2.Qirg'oq,suv.

3. Burchaklar, tomonlar. 4. Qog'oz, muharrir 5. Ko'zlar, muhr.


TEST.


Matematika 2-sinf uchun.

(8ta)

1. Nechta uchburchak bor?

2. 16 +x = 20 (x = 4)

  1. Doiraning chegarasi nima deb ataladi ? (aylana).

  2. 0 : a = (0)

  3. Eng katta uch xonali sonni yozing. (999).

^ ONA TILIDAN TEST SAVOLLARI

3-sinf uchun.

  1. Matn nima? (Matn nutqning yozma shakli).

  2. Matn qanday gaplardan tuziladi ? (Matn mazmunan o'zaro bog'langan gaplardan tuziladi).

  3. Tovushlarning yozuvdagi shakli nima deyiladi? (Alifbo).

  4. Gapning asosini nima tashkil qiladi? (Bosh bo'laklar).

  5. lkkinchi darajali bo'laklar gapda nima uchun kerak?

(Gapning mazmunini kengaytirish uchun).

2-sinf uchun matematikadan test savollari

Yuzlik

  1. 100-1-9 nihisoblang. A. 90 B. 89 D. 99

  2. Tokchaga 5 ta olma, 4 ta nok va 7 ta xurmo qo 'yishdi. Tokchaga hammasi bo'lib nechta meva qo'yishdi?

A. 9 B. 11 D. 16

3. 36+42-50ni eching. A. 78 B. 28 D. 38

  1. 78 sonidan 98 soni nechtaga ortiq? A. 10 B. 20 D. 30

  2. Anvardo'kondan 2kg sabzi, 10kg kartoshka va 4kg piyoz sotib oldi.Anvardo'kondan hammasi bo'lib necha kg sabzavot sotib olgan?

A. 10 B. 15 D.16

6. 64-60+76niyeching.

A. 80 B. 90 D. 70

  1. 50 sonidan 25 soni qancha kam? A. 25 B. 35 D. 30

  2. 50-(10Q20 )ni yeching.

A. 20 B. 30 D. 40

9. G'ayrat 60 sonini, Dildoresa undan 10 ta kam sonnio'yladi.Dildor xaysi sonnio'ylagan?

A. 80 B. 50 D. 70

10. Xovlida 10 ta kaptar donlab yurgan edi. Yana bir nechta kaptar kelib qo'shilganidan so'ng kaptarlarsoni 30 ta bo'ldi. Nechta kaptar kelib qo'shilgan?

A. 80 B. 50 D. 70

11. To'g'ri to'rtburchakning eni 6 sm, bo'yi 10 sm. Uningperimetrini toping?

A. 32 B. 16 D, 18

12. Boredi 10 ta qo'g'irchoq ,sotib olishdi 20 ta qo'g'irchoq hammasi bo'lib nechta qo'g'irchoq bo'ldi?

A. 10 B. 40 D. 30

13. Terakning balandligi 10 m, tutning balandligi esa 6 m. Tut terakdan necha m past?

A. 3 m B. 5 m. D. 4 m

Holda 18 nafar o'g'il bola va 9 nafarqiz bola cho'milmoqda. bolalar qiz bolalardan qancha ko'p?
A.5. B. 8. D. 9.

5. Ertalab paxta zavodiga 40 ta mashinada, kechqurun esa undan 20 ta ortiq mashinada paxta keltirildi.Hammasi bo'lib zavodga nechta mashinada paxta keltirildi. A. 100. B. 200. D. 60.

Vaqt o 'lchov birliklari.

  1. 1 soatda necha minut bor? A. 48. B. 24. D. 60.

  2. 2 soatu 20 minut necha minut? A. 150. B. 140. D. 80.

  3. 1 minut necha sekundga to'g'ri keladi? A. 70. B. 60. D. 24.

  4. Salima 1 soatda 10 bet kitob o'qiydi. U 2 soatda necha bet kitob o'qiydi? A. 40. B. 40. D. 20.

20. 4 soatda necha minut bor? A. 240. B. 340. D. 450.

21. 5soat+20minutni hisoblang.

A. 140. B. 220. D.320.

  1. Dars soat 800da boshlanaredi. Ammo salima soat 900 da darsga yetib bordi. Aytingchi,Salima necha soat kech qoldi? A. 1 soat. B. 2 soat. D. 20 minut.

  2. Anvar soat 300 da Azizlarnikiga borishi kerak edi. Ammo u 320 da bordi. Aytingchi, u necha minut kech qoldi?

A. 30 minut. B. 10 minut. D. 20 minut.

Ko'paytirish va bo'lish.

24. Anvar 5 tadan 5 marta koptok oldi. Anvarnechta koptok olgan? A. 35. B. 25. D. 10.

25. 8 ni 6ga ko'paytirganda nechchi xosil bo’ladi? A. 48. B. 14. D. 24.

26. 1 dm + 2 sm = sm A. 10. В. 12.

27. 60-(25+15) ni hisoblang.

A. 40. B. 30. D. 20.

28. 9+9+9+9+9 ni hisoblang.

A. 45. S. 25. D. 40.

29. 9x3+5g ni hisoblang. A. 72. B. 32. D. 42

30. 430 dm q___m__dm

A. 430 m 0 dm. B. 43m 10 dm D. 4 m 3 dm.


J a v o b l a r i


1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

A

D

B

B

D

A

A

A

B

B

A

D

D

D

A

16

17

18

19

20

21

22

23

24

25

26

27

28

29

30

D

B

B

D

A

D

A

D

B

A

B

D

A

B

D


Jadval: Bu jadval 9 ta bir xil tirqishlli kvadratchalarga bo'lingan kvadratdan iborat. Bunda tirqishlarga sonli kartochkalar shunday qo'yiladiki, natijada xar bir gorizontal qatordagi sonlar yig'indisi, xar bir vertikal qatorfagi sonlar yig'indisi va diogonaldagi sonlar yig'indisi o'zaro teng bo1adi, yani ajoyib kvadrat (magik kvadrat) hosil bo'ladi.